Yangiliklar

.

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Respublika ikkinchi guruh fanlari bo‘yicha asosiy fan olimpiadasining III-viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

7-dekabr 2022-yil
image

Xalq Taʼlimi Vazirligining Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti rahbarligida, viloyat umumtaʼlim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida, 2021-yilning 9-sentyabr kunidagi "Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadasini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha, eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida" gi 562-sonli qaroriga va fanlar olimpiadasining viloyat bosqichini o‘tkazish haqidagi buyrug‘iga asosan, fan olimpiadasining III-viloyat bosqichida 10 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvi o‘tkazilib g‘oliblar aniqlandi.

Olimpiadada iqtidorli o‘quvchilar Ona-tili, Rus-tili, Davlat tili, Qozoq-tili, Tojik-tili, Ingliz-tili, Fransuz–tili, Nemis-tili, Tarix va Geografiya fanlari bo‘yicha bellashdilar.

Tadbir O‘zbekiston madhiyasi bilan boshlanib, boshqarma boshlig‘i g‘oliblarni tabriklab keyingi musobaqalarda viloyatimizning shaʼnini himoya qilish uchun omadlar tiladi.

Viloyat bosqichida 1-2- va 3-o‘rinni egallagan eng iqtidorli o‘quvchilar Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan har bir sinf va fanlar kesimida:

 

1-o‘ringa 1,620,000 so‘m

2-o‘ringa 1,080,000 so‘m

3-o‘ringa 810,000 so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i O.Donabayev hakamlar hayʼati aʼzolarini ham "Fan olimpiadasi"ni adolatli va xolisona tarzda baholab borishida bir necha kun birgalikda qilgan odilona mehnatlari uchun viloyatimizdagi barcha taʼlim tizimi xodimlari nomidan tabriklab, tashakkurnoma va boshqa sovg‘alar bilan munosib taqdirladilar.

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=