Yangiliklar
Birinchi qo‘ng‘iroq – yangi o‘quv yiliga qadam!
2-sentabr 2026-yil
Viloyatimizda bugun 351 ta ta’lim muassasalarida 168 790 nafar o‘quvchi bilim va tarbiya olmoqda.
Shundan: 314 ta umumiy o‘rta maktab – 162 089 nafar o‘quvchi 12 ta ixtisoslashtirilgan maktab – 3057 nafar o‘quvchi Prezident maktabi – 160 nafar o‘quvchi
H. Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi – 196 nafar o‘quvchi 23 ta nodavlat maktab – 3288 nafar o‘quvchi. 2026–2027-o‘quv yilida esa 19 566 nafar 1-sinf o‘quvchisi ilk bor maktabga qadam qo‘yadi.
19 035 nafari – umumiy o‘rta ta’lim maktablariga, 531 nafari – nodavlat ta’lim muassasalariga qabul qilindi. Bugun qo‘ng‘iroq yangrarkan, minglab qalblarda orzu va umidlar ham yangraydi. Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchi-yoshlarimizga muvaffaqiyat, ustozlarimizga esa bardavom kuch va sabr tilaymiz!