Yangiliklar
Sirdaryolik maktab direktorlari Toshkent shahrida “Ochiq eshiklar kuni”da.
28-fevral 2023-yil
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 20-уаnvаr kuni “202З-yildan o‘quvchilarni maktablarda ikkita xorijiy til vа bitta kasbga o‘rgatish, ularni daromad topadigan ish bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlami belgilash” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor tarzidagi yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 28-fevral kuni Sirdaryo viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlari O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida ishtirok etishdi.


Tadbirda 2023-2024-o‘quv yilidan umumta’lim maktablarida 2 ta xorijiy tilni o‘qitishni yo‘lga qo‘yish maqsadida oliy ta’lim muassasasining bitiruvchi kurs talabalar bilan ochiq muloqot qilishib, umumta’lim maktablarida yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berishib, ularni ishga qabul qilish bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar imzolashdi. Xususan, Boyovut tumanidagi 2-hamda 19-umumiy o‘rta ta’lim maktablari arab tili, 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi fransuz, xitoy tillari, 24-,25-umumiy o‘rta ta’lim maktablari xitoy tili, Sardoba tumandagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi koreys tili, Oqoltin tumandagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Guliston shahridagi 4- umumiy o‘rta ta’lim maktabi fransuz tili, Yangiyer shahridagi 7- umumiy o‘rta ta’lim maktabi xitoy va koreys tillarini o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha talabalar bilan shartnoma imzolandi.
Tadbir davomida maktab direktorlari oliy ta’lim muassasasida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, maktablarda xorijiy tillarni o‘qitishni yaxshilash bo‘yicha professor-o‘qituvchilar bilan ochiq muloqat o‘tkazishdi.
Oliy ta’lim muassasalari bilan xorijiy tillarni o‘qitishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar joriy o‘quv yakuniga qadar davom etadi.





