Yangiliklar
TALIS tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o‘tkazilmoqda!
27-fevral 2023-yil
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan TALIS tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o‘tkazilmoqda. Asosiy tadqiqot so‘rovnomalarini sifatli yaratish uchun muhim bo‘lgan tajriba-sinov jarayonida Oqoltin tumanidagi 14 maktab ham ishtirok etmoqda. Ushbu maktab va ishtirokchi 18 ta o‘qituvchilar IEA tomonidan tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olingan.

Maʼlumot o‘rnida:
▪️TALIS (Teaching and Learning Internatsional Survey) — o‘qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi taʼlim muhiti va boshqaruvini baholashga qaratilgan birinchi hamda eng yirik xalqaro tadqiqot. Tadqiqot maktab o‘qituvchilari va direktorlariga kasbiy va pedagogik rivojlanishlari bo‘yicha nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o‘z fikrini bildirish imkonini beradi.
▪️Tadqiqotning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o‘qitish va o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan taʼlim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy maʼlumotlar taqdim etish.
▪️TALIS Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESD) tomonidan joriy etilgan bo‘lib, Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA), Avstraliya taʼlim tadqiqotlari kengashi (ASER), Kanada statistika markazi kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
▪️TALIS davriy ravishda 2008, 2013 va 2018 yillarda o‘tkazilgan bo‘lib, 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan to‘rtinchi siklida O‘zbekiston ilk marotaba ishtirok etadi.