Yangiliklar

.

“Yuksaklik sari olg’a”

16-fevral 2023-yil
image

       “Bolalarimiz qalbining chinakam me’mori, muhandisi o‘qituvchilardir” deya ta’kidlagan muhtaram prezidentimiz. Mana shu fikrlardan kuch olib faoliyat yuritib kelayotgan jonkuyar ustozimiz Turdikulova Yulduz Furkatovna bugungi kunda Sirdaryo viloyatining Lider ustozlaridan desak adashmagan bo‘lamiz.  Bugungi qahramonimiz ham oilada, ham ish faoliyatida  o‘z o‘rnini topgan va namuna qilsak arziydigan Informatika va Axborot Texnologiyalari fanini o‘qitadigan va saboq bilan o‘qitadigan   ustozlarimizdan.

Turdikulova Yulduz o‘zi Guliston davlat universiteti Sirtqi bo‘lim Informatika o‘qitish metodikasi 5-kurs talabasi bo‘lishiga qaramasdan, “Xalq ta’limi a’lochisi”, shu bilan birga 4 nafar farzandning onasi. Bunday yutuqlarning boisi nimada deb so‘ralganda Turdikulova Yulduz –“Davlatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va kelajak kasblarining hayotimizga ilg‘or kirib kelishida va  IT sohasini to‘g‘ri tanlaganimda, deb o‘ylayman. Chunki IT soha shunday ajoyibki, har kuni yangilanib borishi bilan o‘ziga jalb qiladi va o‘sha yangiliklarni masofadan turib o‘z bilimlarimizni oila davrasida oshirib, daromad ham topishimiz mumkin”, - deb javob qiladi.

       Yulduz Furkatovna “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yilida   ta’lim tizimida bo‘layotgan barcha yangiliklardan boxabar bo‘lishga va albatta o‘ziga kerakli tavsiyalar asosida metodik bilimlarini oshirib borishga harakat qiladi. O‘z ustida  ishlab, shaxsiy rivojlanishga va shogirdlarini ham shu yo‘ldan yurishga undaydi. “Bizlar ajoyib bir zamonda yashayapmiz.  Bugungi kunimiz kechagidan anchagina farqli, ijobiy tarafga ozgaryabdi. Lekin biz ustozlar oz ustimizda ishlab, zamon bilan hamnafas harakat qilmasak ortda qolib ketamiz”,- deydi qahramonimiz suhbatda.

Sirdaryoning dasturchi uztozi erishgan yutuqlari:

   Ustozning bilmi, shogirdda namoyon deganlar.

      Shogirdlari maktabda va tumanda ilg‘or namunali natijalari  bilan 20 dan ortiq diplom va sertifikatlarini qo‘lga kiritishgan. Qolaversa, onlayn va oflayn olimpiadalarda ham faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda.

      Inovatsion texnologiyalar strategik markazi va IT park hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan  CURSERA platformasida o‘quvchilari HTML, Css yo‘nalishlari bo‘yich xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.

        O‘zi  ham  CURSERA  platformasida hozirgi kungacha

  • Kompyuterdan foydalanish ko‘nikmalari,
  •  Vertual o‘qitish metodikalari,
  • O‘quvchilarning psixologik qobilyatlari bilan ishlash ko‘nikmalari, Ma’lumotlar tahlili va ular ustida amallarni bajarish, Veb texnologiyalar tushunchasi,
  •  WordPress,
  •  HTML,
  •  Css asoslari,
  •  JavaSkript,
  •  Python  dasturlash tillari asoslari,
  •  jamoaviy ruhni shakllantirish va jamoa boshqaruvi,
  •  Ingliz tili boshlang‘ich hamda keyingi darajalari bo'yicha bilimlarni,
  •  Amaliy loyihaga asoslangan va boshqa turli o‘quv kurslarini muvaffaqqiyatli tugatib, ushbu ko‘nikmalarini tasdiqlovchi xalqaro darajadagi elektron sertefikatlarni qo‘lga kiritgan. Loyiha doirasida tashkil etilgan tanlovda ham g‘alaba qozongan.

     O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi, Respublika Ta’lim markazi hamda UNICEF xalqaro tashkiloti hamkorlikda “O‘zbekiston maktablarida masofaviy ta’limni rivojlantirish va ta’limda yuzaga kelgan bo‘shliqlarni to‘lduvchi dasturlarni tashkil etish” treningda faol qatnashib maxsus sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

       Xalq Ta'limi Vazirligi, Yaponiyaning JICA tashkiloti O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Japan Digital University XK MChJ tomonidan tashkil etilgan loyihada elektron ta'lim olganligi haqida GUVOHNOMA va noutbuk bilan taqdirlangan. Bundan ko‘zlangan maqsad pedagoglarning Xalq Xa'limi Vazirligi hamda Yaponiyaning JICA tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan  "Covid-19 pandemiyasi salbiy ta’siri davrida Xalq ta'limi sohasidagi muammolarni bartaraf etish uchun o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish" loyihasi bo‘yicha o‘tadigan onlayn o‘quv kurslari ishtirok etdi.

  Tuman va viloyat matbuotlarida “Darslarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati” mavzusidagi maqolasi chop etildi.

Xovos tumani XTB ga qarashli “Iqtidorli ustozlar” klubi a’zosi. Viloyatda va tumanda tashkil etilgan ko‘pgina ko‘rik tanlovlarda faol ishtirok etib maxsus sertifikat, diplom, maqtov yorlig‘i, faxriy yorliq va qimmat baho sovg‘alarni ham qo’lga kiritib kelmoqda.

       Shuningdek, MiTC O‘zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyani rivojlantirish Vazirligi hamkorlikda UDACTY markazi tomonidan ta’sis etilgan “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasida faol ishtirok etdi va olgan bilimlarini o‘quvchilariga ham o‘rgatdi.

Loyihasi  doirasida TOP-100 “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari tanlovida ikki marta g‘oliblar safidan joy oldi va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Bu esa qahramonimizni yanada ruhlantirdi va kelajakda yuksak choqqilar sari yanada odimlashiga turtki bo’ldi.

          Hozirgi kunga kelib Uzbekcoder.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilari soni 400 dan ortiq: shulardan 200 ga yaqini maxsus xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.  “Bir million o‘zbek dasturchilari” platformasida 4 ta yo‘nalishni ham muvaffaqiyatli yakunlab, UDASTIY asoschisi Sebastian Thrun bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov tomonidan imzolangan 8 ta sertifikatni qo‘lga kiritdi.

     Respublikamizda joriy etilgan elektron jurnal yuritish maqsadida Kundalik.com platformasi yo‘lga qo‘yilgan. Xovos tumani 9-maktab Kundalik.com administrator sifatida eng faol va namunali faoliyati uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

      MiTC O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyani rivojlantirish Vazirligi hamkorligida tashkil etilgan Hakatonda “Star sity” loyihasi uchun taqdirlandi.

       Yana yutuqlaridan biri bu “Bir Million Uzbek Coders” loyihasi tarkibida Nanodegre grantini yutishga sazavor bo’ldi va dasturlash bo’yicha nanodegree 6-guruhda maxsus ta’lim oldi.

       Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan  “Yil ayoli” ko‘rik-tanlovida “Yilning eng yaxshi IT dasturchi ayoli” maqomiga erishdi.

          Turdikulova Yulduz Furkatovna - Sirdaryo viloyati Xovos tumani 9-sonli "Informatika va Axborot Texnologiyalariga Ixtisoslashgan  maktabning informatika va AT fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Prezident Farmoniga ko‘ra, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab umumta'lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.

      Yuqoridagi farmonga asosan  Turdikulova Yulduz Furkatovna GOOGLE FOR EDUCATION o‘quv kursining mashg‘ulotlarida faol qatnashib o‘quv kursini yakunlagani haqidagi sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Salohiyatli o‘qituvchimiz buning natijasida 3 yil davomida 50% ustama olish huquqini qo‘lga kiritdi.

      Turdikulova Yulduz  o‘z shioriga sodiq qolib, o‘quvchilarini  ham o‘z izidan ergashtirgan holda yanada baland cho‘qqilarni zabt etish maqsadida bor kuchi va g‘ayratini sarflayabdi! Qahramonimiz kelajakda bundan-da yaxshi natijalarga erishishiga ishonamiz!     

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=