Yangiliklar

.

Alloma siymosiga ehtirom ko‘rsatildi

9-fevral 2023-yil
image

Sirdaryo viloyatida so‘z mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi keng nishonlandi.

Erta tongdan Guliston shahridagi «Bilimdonlar maskani»da viloyat hokimligi masʼullari, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda talaba-yoshlar jam bo‘ldi. Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yib, buyuk shoirimiz xotirasiga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.

Viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan bayram tantanasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev benazir shoirning boy va serqirra ijodiy merosi, shaxsiyati, ibratli hayot yo‘li haqida to‘xtalib, ayniqsa, asarlarida ulug‘langan g‘oyalarning xalqimiz, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati yuqori ekanligini taʼkidladi.

Tantanali tadbirning adabiy-badiiy qismida teatri jamoasi tomonidan “Lisson-ut tayr” asari asosida sahnalashtirilgan “Qush tili” spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan mushoiralar, nazm va navo kechalari, adabiyot bayramlari viloyatning barcha umuta'lim maktablari bo‘ylab davom etmoqda.

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=