Yangiliklar

.

Musiqa madaniyati fani o‘qutuvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus san’at bilan” shiori ostida “Hayotimga hamrohdir cholg‘u” viloyat ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

10-yanvar 2023-yil
image

Umumiy o‘rta taʼlim maktablarining musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari  o‘rtasida “Besh tashabbus sanʼat bilan” shiori ostida “Hayotimga hamrohdir     cholg‘u”  viloyat  ko‘rik-tanlovini  2023 yil 9 yanvar kuni Guliston shahar 1-sonli Musiqa va sanʼat maktabida o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovni  tuman (shahar) bosqichida barcha musiqa fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

 

Ikkinchi bosqich, tuman (shahar) bosqichida eng yaxshi natijalarga erishgan musiqa fani o‘qituvchilari viloyat bosqichida ishtirok etishdi. “Besh tashabbus sanʼat bilan” shiori ostida “Hayotimga hamrohdir   cholg‘u”  viloyat  ko‘rik-tanlovida 24 nafar  musiqa fani o‘qituvchilari  qatnashdi. Ko‘rik-tanlovni natijalariga ko‘ra Sirdaryo, Mirzaobod, Xovos, Oqoltin Sardoba,Boyovut tumanlari va Guliston shahar Jamoalari yaxshi natijalarga erishdi.  Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari Sirdaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasini faxriy yorliqlari bilan  taqdirlandi.

 

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=