Yangiliklar

.

Ta'til kunlari maktablarda to'garaklar o'tkazilayotganligiga RASMIY MUNOSABAT

7-yanvar 2023-yil
image

"Bizga kelayotgan ayrim murojaatlarda Sirdaryo viloyatinig ayrim tumanlaridagi maktablarda kutilayotgan anomal sovuq sabab uzaytirilgan qishki ta'til paytida maktablarda to'garak o'tish bo'yicha ko'rsatmalar berilyapdi ekan. Hurmatli ta'lim mutasaddilari bekorga qishki ta'til kunlari uzaytirilmadi, agar to'garak o'tilishi shu sovuqda shunchalik shart bo'lganda ta'til muddati uzaytirilmagan bo'lar edi. Ozgina bo'lsa ham yuqori tashkilot va vazirlikning ko'rsatmasini o'qib qo'yinglar!" mavzusida tarqalgan xabarga rasmiy munosabat.

Bugungi kunga qadar 2-chorak yakuni bo‘yicha taʼtil davri bo‘lganligi sababli, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli xil ko‘ngil ochar tadbirlar, sayohatlar, tanlovlar shu bilan birgalikda to‘garaklar faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Respublika Bolalar kutubxonasi hamda “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan barcha loyihalar onlayn tarzda tashkil etilmoqda.

Hukumatining tegishli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, qishki taʼtil davomida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kitob mutolaasini oshirishga qaratilgan onlayn intellektual viktorinalar, radio eshittirishlar hamda teleko‘rsatuvlar namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning 6 yanvar kuni berilgan topshirig‘iga ko‘ra uzaytirilgan qishki taʼtil kunlari maktablarda o‘quvchilar ishtirokida to‘garaklar tashkil etilmasligi to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.

Shu o‘rinda barcha tuman, shahar xalq taʼlimi bo‘limlari va barcha taʼlim muassasalari rahbarlaridan qishki taʼtil kunlari o‘quvchilar ishtirokida turli to‘garaklar tashkil etilmasligini shaxsiy nazoratga olishlari so‘raladi.

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=