Yangiliklar

.

Bolajonlarga Prezident sovgʻalari topshirildi

29-dekabr 2022-yil
image

Ayni vaqtda mamlakatimizning barcha hududlarida Yangi yil bayrami shukuhi hukmron. Hamyurtlarimiz kayfiyati yanada koʻtarinki, nigohlarida quvonch, chehralarida mamnunlik ifodasi yaqqol sezilib turibdi. Ayniqsa, bolajonlar shodligining chegarasi yoʻq. Kuni kecha qishki taʼtilga chiqqan oʻgʻil-qizlarning bu pallani maroqli va mazmunli oʻtkazishiga  alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu borada anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Prezident archasi” bayram tadbirlarining ahamiyati beqiyos. Viloyatda ham bu tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Viloyat musiqali drama teatrida boʻlib oʻtgan bayram tadbirida qiziqarli dasturlar, ertak qahramonlari ishtirokidagi sarguzashtlarga boy sahna koʻrinishlari bolajonlar quvonchiga quvonch qoʻshdi.

Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev bolajonlarni bayram bilan tabriklab, Prezident sovgʻalarini ulashdi.

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=