Yangiliklar
Sirdaryo viloyati xalq ta’limi tasarrufidagi Nurli maskan maktab-internatida “Yangi yil archasi” bayram tadbiri tashkil etildi
27-dekabr 2022-yil
Bayram tadbirida Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovich hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Jabborov Sanjar Bo‘ronovich va Viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Donabayev Otabek Mamatqulovichlar ishtirok etdilar.
Tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovich so‘zga chiqib, Muxtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda keng ko‘lamli islohotlarimiz barqaror tus olmoqda. Ularni yana-da rivojlantirish maqsadida Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqildi.
Bugungi kunda bilimdon va g‘ayratli yoshlarimiz katta-katta yutuqlar bilan halqimizni yanada quvontirayotgani hech kimga sir emas. Mamlakatimizning xalqaro nufuzi tobora yuksalmoqda. Prezidentimiz tomonidan Xalq taʼlimi tizimiga berilayotgan eʼtibori hamda “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan g‘oyalari asosida kirib kelayotgan yangi 2023 yilga “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb nom berilgani bejiz emas albatta.
Shunday hayajonli, fayzli damlarda jonajon O‘zbekistonimizga 2023 yil kirib kelmoqda.
Avvalo, barchangizni ezgu niyatlar, yorug‘ umidlar bilan qarshi olayotgan yangi 2023 yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Yangi yilda dilingizda neki yaxshi niyatlar bo‘lsa barchasi amalga oshishiga tilakdosh bo‘lib, sizlarga ulug‘ boylik bo‘lgan sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik, oilaviy baxt va farovonlik tiladilar.
Tadbir davomida Viloyat hokimi va hamkor tashkilot rahbarlari tomonidan maktab-internati o‘quvchilariga yangi yil sovg‘alari taqdim etildi.
Viloyat hokimi maktab-internati faoliyati boshlanganligiga qisqa vaqt bo‘lishiga qaramasdan erishilgan yutuqlar ustozlarning samarali mehnati natijasi ekanligini taʼkidladilar.
Jumladan, maktab-internatining 3 nafar o‘quvchilari “Besh tashabbus” bo‘yicha o‘tkazilgan para sport va rassomchilik yo‘nalishlarida Respublika miqyosidagi musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallaganligini taʼkidladilar.
G‘olib va sovrindor o‘quvchilarga homiylar tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va raqs chiqishlari yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.