Yangiliklar
Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi Taʼlim sifati jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
27-dekabr 2022-yil
Sirdaryo viloyati xalq taʼlimi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g‘risida”gi qaroriga muvofiq taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirilgan 15 ta tayanch maktablar belgilangan.
Tayanch maktablarda tegishli tadbirlarni o‘tkazish uchun tizimdagi tajribali 165 nafar o‘qituvchilar iborat trenerlar guruhi PISA, PIRLS, TIMSS xalqaro baholash dasturlariga o‘qituvchi va o‘quvchilarni tayyorlash maqsadida faoliyat olib borishdi.
2022 yilida Xalqaro tadqiqotlar (PISA, PIRLS, TIMSS)ga tayyorgarlik ko‘rishda Taʼlim inspeksiyasi Milliy markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Treninglar o‘quv dasturidan” foydalanildi.
2022 yilda Xalq taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan xalqaro baholash tadqiqotlariga o‘quvchi va o‘qituvchilarini tayyorlash maqsadida yaratilgan «Stesting» platformasidan foydalanildi.
TIMSS 2023 – xalqaro tadqiqotining tajriba sinovi 2022 yil 16 mart kuni o‘tkazildi. Tajriba sinovda viloyatning 2 ta umumtaʼlim maktablari saralab olindi. Jami viloyat bo‘yicha 206 nafar o‘quvchilar test topshiriqlari va ijtimoiy so‘rovnomalarda ishtirok etdi.
2022 yil 26-30 aprel kunlari Sirdaryo viloyatining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESD) tomonidan tasodifiy tanlab olingan 7 ta umumtaʼlim maktablari hamda Guliston olimpiya zaxiralari kollejining o‘quvchilari, PISA – 2022 xalqaro tadqiqotida ishtirok yetishdi. Ushbu tadqiqotda jami 249 nafar 15 yoshli o‘quvchilarining bilimi xalqaro tashkilot tomonidan tuzilgan savollar asosida kompyuter yordamida sinovdan o‘tkazildi.
Taʼlim sifati jarayonlarini muvofiqlashtirish bo'limi bosh mutaxassisi N.Biturayeva