Yangiliklar
Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan STEAM mutaxassislari bilan birga Sirdaryo viloyati o‘qituvchilari o‘rtasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
23-dekabr 2022-yil
Xalq ta‘limi vazirligi huzuridagi Respublika ta‘lim markazi va Koreya Respublikasining Xalqaro milliy ta‘lim instituti o‘rtasida 2022-yil 18-avgustda imzolangan memorandum asosida O‘zbekiston Respublikasiga yuborilgan STEAM mutaxassislari O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelishmoqda. Mazkur mutaxassislar faoliyati davomida Xalq ta‘limi tizimidagi umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida ishlab, STEAM bo ‘yicha mashg‘ulotlar olib bormoqda. Reja-grafik asosida bugun Sirdaryoga tashrif buyurishib, o‘qituvchilarning malakasini oshirish maqsadida seminar-treninglar o‘tib berishdi.

Ushbu mashg‘ulotlarga boshlang‘ich ta‘lim, aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari jalb qilindi. O‘tkazilgan darslar o‘qituvchilar tomonidan qiziqish bilan tinglanib, jarayonlarda faol ishtirok etdilar.
#Ma’lumot _uchun:
STEAM ta’lim tizimi nima?
Agar ushbu qisqartmani yoysak, quyidagilarni olamiz: STEAM bu — S — science, T — technology, E — engineering, A — art va M — math. Ingliz tilida bu shunday bo’ladi: tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika. Ushbu yo’nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo’lib kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta’limi yo’nalishi va amaliy yondashuvni qo’llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.