Yangiliklar
Guliston tumanining 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabida shoir va yozuvchilar ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
22-dekabr 2022-yil
Guliston tumanining 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchi yoshlarni adabiyot olamiga boʻlgan qiziqishlarini uygʻotish, ularni viloyatimizda yashab ijod qilayotgan shoir va yozuvchilarning ijodiy faoliyatlari bilan yaqindan tanishtirish, kitobxonlikni keng targʻib etish maqsadida ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Jonajon maktabning navbatdagi aziz mehmon ijodkori shoir, Oʻzbekiston va Ozarbayjon xalqlarining “Doʻstlik” ordeni sohiblari, Oʻzbekiston yozuvchilar ijodiy uyushmasi aʼzosi Ali Nasirli boʻldi. Sheʼriyatga oshno, ijodga qiziqishi yuqori boʻlgan oʻquvchilar shoir bilan samimiy suhbatda boʻlishdi.
Ali Nasirli ijodiy uchrashuv davomida kitob va kitobxonlik haqida fikrlari bilan oʻzaro oʻrtoqlashdilar. Shoirning shu vaqtga qadar 8 dan ziyod sheʼriy toʻplamlari kitobxonlar qoʻllariga yetib borgan. Ijodkorning suhbat davomida oʻz ijod namunalaridan oʻquvchilar nafaqat oʻzbek balki ozarbayjon tilida ham bahramand boʻlishdi. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi. Dildan uyushtirilgan suhbat onlari barchada katta taʼsirotlar qoldirishdi.
