Yangiliklar

.

Sirdaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumaniga viloyatda faoliyat olib borayotgan OAV xodimlari, tashkilot va muassasalarning axborot xizmati xodimlari va blogerlar taklif etildi.

21-dekabr 2022-yil
image

Mazkur matbuot anjumani  yakuniga yetayotgan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga qaratildi. Xalq taʼlimi tizimida qilingan ishlar, natijadorlik asoslari va mavjud masalalar anjuman mavzusiga aylandi. Avvalo, 2023 yil uchun bugundan puxta reja tuzib olish, “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim” yili deya nomlangan kelgusi yilda pedagog xodimlarga katta vazifalar qo‘yilgani qayd etildi. Yaqin besh yilda mamlakat miqyosida 1000ga yaqin yangi maktablar qurilishi rejalashtirilganligining o‘zi ham xalq taʼlimida yangi sifat bosqichiga chiqish kutilayotganligini  ko‘rsatadi, deyildi muloqotda. Maktab o‘quvchilarining erkin fikrlash salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi qayd etildi.

OAV xodimlari, jurnalistlar bergan savollarga mutasaddilar kerakli javoblarni berar ekan, kutilayotgan 2023-yilda pedagoglardan  katta tashabbuskorlik talab etilayotganlgini taʼkidladi. 
O‘quvchining xorijiy tillarni chuqur o‘zlashtirishi, kompyuter savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilishida qanday rejalar tuzilganligi bilan qiziqqan jurnalistlarga bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida alohida to‘xtab o‘tildi.

Bugun  Sirdaryo viloyatida 314ta maktab mavjud bo‘lib,  204ta maktabda ikki smenali darslar olib borilishi  va bu bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida ham to‘xtab o‘tildi. Viloyatdagi 31ta maktablarda esa sport zallari mavjud emasligi haqida axborot berildi. 
Shuningdek, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tashabbusi bilan joriy etilgan tashabbuslar haqida ham to‘xtab o‘tildi. Dars mashg‘ulotlarida ota-onaning ishtiroki taʼminlanib, jarayonlarda o‘quvchining ota-onasi ixtiyoriy ishtirok etmoqda va ular farzandining bilim olish jarayonini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.  Uyda kutubxonalar tashkil etishda jamoatchilikni keng jalb etish lozimligi  bildirildi. 

Yangicha uslublarni ommalashtirish, o‘quvchilarning sifatli ovqatlanishini taʼminlash, taʼlimda korrupsiyaga qarshi kurashish, qurilish-rekonstruksiya ishlarining borishi haqidagi bir qator savollar bo‘yicha masʼul xodimlarning javoblari tinglandi.

Tadbir so‘ngida anjuman ishtirokchilariga Sirdaryo viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasining tashakkurnomalari topshirildi.

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=