Yangiliklar

.

Kuz-qish mavsumni betalafot oʻtkazish maqsadida Boyovut tumanida amaliy seminar bo'lib o'tdi

20-dekabr 2022-yil
image

Mamlakatimiz boʻylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Tabiiyki, mazkur mavsumda asosiy vazifa taʼlim muassasalarida  issiqlik tizimining barqaror ishlashini taʼminlashdir. Mavsumni betalafot oʻtkazish maqsadida umumtaʼlim muassasalarida  olib borilayotgan ish sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrib borilmoqda. 

Jumladan, ana shunday ishlardan biri sifatida bugun Boyovut tumanidagi 13-maktabda sohaning masʼul raxbarlari va Boyovut, Guliston va Xovos tumanining mahsus taʼmirlash ekspluatatsiya xizmati xodimlari hamda koʻmir bilan istiluvchi taʼlim muassasalarining xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirokida koʻmirning qoldiq kukunidan oqilona foydalanish maqsadida breket sifatida qayta foydalanish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi. 

Seminar davomida koʻmirning qoldiq kukunidan koʻmir-breket tayyorlash jarayoni va undan qozonlarni isitishda qanday foydalanish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=