Yangiliklar
Sirdaryodagi maktablar kompyuter texnikalari bilan taʼminlanmoqda.
19-dekabr 2022-yil
Sirdaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi jami 314 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida jami 408 ta informatika sinf xonalari mavjud boʻlib, hozirgi kunda shularning 200 dan koʻp maktablarga 2020-2022-yillarda zamonaviy kompyuter texnikalari bilan taʼminlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Eksimbank bilan hamkorlikda 94 ta, Respublika byudjetidan 59 ta, mahalliy byudjetdan 26 ta maktablarga zamonaviy kompyuter sinf jamlanmalari hamda 70 ta maktabga Elektron doskalar berildi.
Shuningdek, Maktabdagi kompyuterlarning internet tarmogʻiga ulanishi boʻyicha maktablarda mavjud oʻquvchi sonidan kelib chiqqan holda maktablar “Education-2” 40 Mb/s va Education-3” 100 Mb/s taʼriflariga oʻtkazilgan.
