Yangiliklar

.

Viloyat SEO va JS boshqarmasi hamda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hamkorligida umumtaʼlim maktablarining sanitariya holati, belgilangan qoida va normativ talablari bajarilishi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.

13-dekabr 2022-yil
image

Oʻzbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi qonuniga asosan taʼlim muassasalarida sanitariya-qoidalari normativlari va gigiyenik normativlari talablari toʻliq bajarilmaganligi, oʻquvchilar orasida turli xil yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishiga, bolalarda qomat buzilishi, koʻrish qobiliyatini pasayishi, asab kasalliklari, yuqori nafas yoʻllari kasalliklari va boshqa kasalliklarni qayd etilishini oldini olish maqsadida  viloyat SEO va JS boshqarmasi hamda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hamkorligida umumtaʼlim maktablarining sanitariya holati, belgilangan qoida va normativ talablari bajarilishi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Bugun ushbu holat boʻyicha Sirdaryo tumanidagi umumtaʼlim maktablari oʻrganilganda oshxona, sinf xonalar va hojatxonalarning sanitariya holatlari va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar boʻyicha SEO va JS boshqarmasi xodimlari tomonidan mutasaddi rahbarlariga tushuntirish ishlari olib borildi.

 

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=