Yangiliklar

.

Ko‘rish imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni kasb-hunarni egallashlari uchun “Nurli maskan” maktab-internatida “Ilm cho‘qqisini zabt etib, kasb-hunar egallaymiz” mavzusida ochiq darslar tashkil etildi.

2-dekabr 2022-yil
image

Aksariyat yoshlar kasb tanlash, qo‘shimcha maʼlumot olish, keyingi ishga joylashish kabi  muammolarga duch kelishmoqda. Buning sabablari nafaqat yoshning tajribasizlgi, mehnat bozorining “yopiqligi”, balki bolalarning aksariyat qismi zamonaviy mehnat bozori, mavjud kasblar to‘g‘risida ma’lumotga ega emasligi, u professional faoliyatning u yoki bu sohasi talablarini o‘zaro bog‘lashga qodir emasligiga olib keladi.

 

Ko‘rish imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni kasb-hunarni egallashlari uchun “Nurli maskan” maktab-internatida  “Ilm cho‘qqisini zabt etib, kasb-hunar egallaymiz” mavzusida ochiq darslar tashkil etildi.

Ochiq darslar sartaroshlik, to‘qimachilik, pazandachilik, duradgorlik va musiqa yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tdi. Darslar so‘ngida  o‘quvchilar yasagan buyumlarining ko‘rgazmasi namoishi bo‘ldi.

Ko‘rgazma so‘ngida маънавий-маърифий тадбирлар ўтказилди. O‘quvchilar o‘z chiqishlari she’r, raqs va qo‘shiqlari bilan tadbir ishtirokchilarga ko‘taringki kayfiyat bag‘ishladi.

 

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=