Yangiliklar

.

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” respublika tanlovining yakuniy bosqiçi ğoliblarini taqdirlaş tadbiri bölib ötdi.

6-noyabr 2026-yil
image

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” respublika tanlovining yakuniy bosqiçi ğoliblarini taqdirlaş tadbiri bölib ötdi.

Tadbirda Taʼlim va ilm-fan vaziri örinbosari Sanjar Mirzaliyev iştirok etib, tanlovning ahamiyati, maktablarda maʼnaviy-maʼrifiy işlarni rivojlantiriş hamda milliy qadriyatlarni yoşlar ongiga singdirişda masʼul xodimlarning örni haqida söz yuritdi.

Tanlov yakunlariga köra, yuqori natijalarni qayd etgan iştirokçilar faxriy sertifikatlar hamda pul mukofotlarini oliş imkonini beruvçi vauçerlar bilan taqdirlandilar.

Ğoliblarga quyidagi miqdorda vauçerlar topşirildi:

 1-o‘rin — Roziqova Hanifaxon Obidjonovna (Farğona viloyati);

 2-o‘rin — Baydavlatova Feruza Nordongulovna (Sirdaryo viloyati);

 3-o‘rin — Rahimov Şohruh Baxodiroviç (Andijon viloyati).

Mazkur eʼtirof maktablarda maʼnaviy-maʼrifiy işlarni samarali taşkil etiş, milliy qadriyatlar tarğibotini kuçaytiriş va yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş yölida fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarni qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.


Barça ğoliblarni samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

sir_svxtb@xtv.uz
@?mibextid=ZbWKwL
@sirdaryommtb
/sirdaryo_mmtb?igsh=MWZucHF1OWhtcGRxYg==