Yangiliklar

.

Farzandingizni davlat boğçasiga navbatga qöymoqçimisiz? Buni uydan çiqmay, bepul amalga oşiring!

29-oktabr 2026-yil
image

Bugun bolani davlat boğçasiga navbatga qöyiş uçun qayergadir boriş şart emas. Arizani my.gov.uz portali yoki MyGov ilovasi orqali bir neça daqiqada onlayn yuborişingiz mumkin.

 Xizmatdan foydalaniş uçun:

 my.gov.uz portali yoki MyGov ilovasiga kiring.
 “Bolani davlat maktabgaça ta’lim muassasasiga joylaştiriş uçun ariza beriş” xizmatini tanlang.
 Farzandingiz, boğça va mavjud imtiyoz haqidagi ma’lumotlarni belgilang.
 Arizani yuboring. Sizga 5 xonali kod beriladi. Navbat kelgaç, yöllanma şakllanadi.
 

Muhimi:
 Xizmat bepul.
 Ariza topşiriş uçun hujjat talab etilmaydi.
 Bir vaqtning özida 3 tagaça boğçaga navbatga turiş mumkin. Buning uçun har bir boğçaga alohida ariza yuboriladi.

Kimlarga imtiyoz beriladi?

 Yetim va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, nogironligi bölgan şaxslar farzandlari, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar bolalari, kam ta’minlangan va 4 yoki undan ortiq farzandli oilalar bolalari hamda belgilangan boşqa toifadagi bolalar uçun imtiyozlar mavjud.

my.gov.uz dagi şaxsiy kabinetingizning “Mening oilam” bölimida farzandingizning boğçadagi navbatini kuzatişingiz mumkin.
 Navbat kelganda muddatni ötkazib yubormang!

 Yöllanma şakllangaç, dastlabki 15 iş kuni içida zarur işlarni bajaring: farzandingizni tibbiy körikdan ötkazing, portal orqali tibbiy ma’lumotnoma şakllanganini tekşiring, boğçaga taşrif sanasini tanlang va belgilangan kuni boğçaga boring. 5 xonali tasdiqlaş kodini boğça mudirasiga taqdim eting.

sir_svxtb@xtv.uz
@?mibextid=ZbWKwL
@sirdaryommtb
/sirdaryo_mmtb?igsh=MWZucHF1OWhtcGRxYg==