Yangiliklar

.

XOVOS TUMANI 4-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA “KUZ BAYRAMI”

20-oktabr 2026-yil
image

Kuz — mo‘l-ko‘lchilik, to‘kinlik, go‘zallik va shukronalik fasli! Tabiatning rang-barang libosga burkanishi, meva-sabzavotlarning mo‘l-ko‘lligi jajji qalblarga o‘zgacha quvonch bag‘ishlaydi.

Xovos tumani 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bolajonlar ishtirokida ko‘tarinki ruhda “Kuz bayrami” tadbiri tashkil etildi.

Bayram davomida tarbiyalanuvchilar kuz faslining o‘ziga xos go‘zalliklarini namoyon etib, she’rlar, qo‘shiqlar, raqslar va qiziqarli chiqishlari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashdilar. Rang-barang liboslar, kuz ne’matlari va bolajonlarning beg‘ubor tabassumlari tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.

Bunday tadbirlar bolalarda tabiatga mehr, mehnatga hurmat, ne’matlarni qadrlash, jamoada faol ishtirok etish kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Bayramni yuqori saviyada tashkil etishda o‘z hissasini qo‘shgan tashkilot rahbariyati, fidoyi pedagoglar va barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorlik bildiramiz!


Kuz fasli — oltin fasl, bolalik esa hayotimizning eng go‘zal bahoridir!

sir_svxtb@xtv.uz
@?mibextid=ZbWKwL
@sirdaryommtb
/sirdaryo_mmtb?igsh=MWZucHF1OWhtcGRxYg==