Yangiliklar
“SEN ISTE’DODLISAN!” — RESPUBLIKA TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI!
17-oktabr 2026-yil
Sirdaryo tumanidagi 1- umumiy o‘rta ta’lim maktabida Sirdaryo tumanidagi 1, 3, 7, 14, 21, 27, 39, 41, 42- maktablarining inklyuziv ta’lim sinflari hamda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida “Sen iste’dodlisan!” respublika tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Tanlov “Tasviriy san’at” yo‘nalishida o‘tkazilib, yosh iste’dodlar o‘zlarining ijodiy qobiliyat va mahoratlarini namoyish etdilar.
G‘oliblar tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
TASVIRIY SAN’AT YO‘NALISHIDA:
1-o‘rin — Qo‘chqarova Aziza
41-maktab o‘quvchisi
1-o‘rin — Xamraqulov Asliddin 42- maktab oʻquvchisi
2-o‘rin — Enverov Ametxan 1-maktab oʻquvchisi
2-o‘rin — Joʻraqulova Durdona 3-maktab oʻquvchisi
3-o‘rin — Faxriddinov Sherzod 27-maktab oʻquvchisi
3-o‘rin — Abisheva Aqmarjan 39-maktab oʻquvchisi
Barcha ishtirokchilarni, g‘oliblarni hamda ularning ustozlarini samimiy muborakbod etamiz! Yosh iste’dodlarga kelgusidagi tanlovlarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!