Yangiliklar
Sirdaryoda Maktab ligasi musobaqalari davom etmoqda
13-oktabr 2026-yil
Sirdaryo viloyatidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilayotgan Maktab ligasi musobaqalari davom etmoqda.
Maktab ligasi doirasida o‘quvchilar sportning 9 ta turi hamda “Quvnoq startlar” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashib, chaqqonlik, tezkorlik, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylik borasidagi mahoratlarini namoyish etadilar.
Musobaqa bahslari tasdiqlangan reja-grafik asosida belgilangan muddatlarda, tegishli tartib va qoidalar asosida tashkil etiladi.
Mazkur musobaqalar yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli yoshlarni saralab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.