Yangiliklar
“ENG NAMUNALI JASORAT MAKTABI” VILOYAT BOSQICHI: O‘RGANISH JARAYONI
12-oktabr 2026-yil
Yangiyer shahridagi 7-sonli Jasorat maktabi faoliyati viloyat ishchi guruhi a’zolari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.
O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sport vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Yoshlar ishlari agentligining 2026-yil 10-fevraldagi qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “Eng namunali Jasorat maktabi” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Jarayonda maktabning faoliyati, o‘quv-tarbiyaviy ishlar samaradorligi hamda belgilangan mezonlar asosidagi natijalari o‘rganilib, tanlovning viloyat bosqichi g‘olibini aniqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Maqsad — yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda jasorat, intizom va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilayotgan ilg‘or tajribalarni aniqlash va ommalashtirish.