Yangiliklar
Direktor lavozimlari uchun tanlov e’lon
10-oktabr 2026-yil
Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bo‘sh (vakant) direktor lavozimlari uchun tanlov e’lon qiladi!
Malakali, tashabbuskor, rahbarlik salohiyatiga hamda Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarni ushbu vakant lavozimlarga hujjat topshirishga taklif etamiz.
Vakansiyalar mavjud bo‘lgan hududlar va tashkilotlar raqamlari:
Boyovut tumani: 6-, 11-, 20-, 35-sonli MTTlar
Guliston tumani: 1-sonli MTT
Mirzaobod tumani: 7-sonli MTT
Oqoltin tumani: 11-sonli MTT
Sayxunobod tumani: 13-sonli MTT
Sirdaryo tumani: 4-,18-, 20-, 32-sonli MTTlar
Xovos tumani: 2-, 6-, 8-, 9-, 10-, 14-, 16-sonli MTTlar
Guliston shahri: 12-, 15-sonli MTT
Yangier shahri: 7-, 12-sonli MTTlar
Hujjatlarni qabul qilish muddati:
2026-yil 9-oktabrdan 13-oktabrgacha (shu kuni ham).
Hujjat topshirish tartibi: Nomzodlar hujjatlarini yagona elektron platforma — managerpro.uzedu.uz sayti orqali yuborishlari lozim.Suhbat jarayoni qanday o‘tadi?
Tanlovning suhbat (intervyu) bosqichida shaffoflikni ta’minlash maqsadida tasodifiy tanlash (random) orqali har bir nomzodga 5 ta savol (topshiriq) beriladi. Savollar quyidagi mezonlarni aniqlashga qaratilgan:1. Soha bo‘yicha bilim saviyasi;2. Shaxsiy kompetensiyasi;3. Kasbiy kompetensiyasi;4. Umumiy dunyoqarashi;5. Vakant lavozimga mosligi.
O‘z kelajagini maktabgacha ta’lim tizimi rivoji bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan faol va bilimli rahbarlarni kutib qolamiz!
Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.