Yangiliklar
USTOZGA EHTIROM — YUKSAK E’TIROF!
23-sentabr 2026-yil
“Do‘stlar davrasida” ko‘rsatuvining ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan navbatdagi sonida ta’lim va madaniyat sohasi vakillariga alohida ehtirom ko‘rsatildi.
Ustozlarni bayram bilan tabriklash, ularning mashaqqatli mehnatiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish maqsadida ko‘rsatuv studiyasiga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova hamda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tashrif buyurdilar.
Quvonarlisi, Boyovut tumanidagi 17- va 19-maktablarning musiqa fani o‘qituvchilari “Madaniyat va san’at fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Aziz ustozni samimiy muborakbod etib, ijodiy va pedagogik faoliyatida yangi marralar tilaymiz!
Tez kunda “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida!