Yangiliklar
Guliston shaharida yetti yuz nafar o‘quvchilar “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasiga qabul uchun sinovdan o‘tdi
21-sentabr 2026-yil
Sirdaryo viloyat hokimligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sirdaryo viloyat hududiy shu'basi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati tuman shaharlardan eng iqtidorli yetti yuz nafar 8-sinf o’quvchilari uchun “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasiga qabul uchun saralash imtihonlari o‘tkazildi.
Loyihada ishtirok etish maqsadida jami yetti yuz nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ular bugun tanqidiy va mantiqiy fikrlash, axborot texnologiyalari, ingliz tili hamda muammoli masalalarni yechish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
Saralash natijalariga ko‘ra, eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar loyiha ishtirokchisiga aylanib, zamonaviy IT yo‘nalishlari va xorijiy tillarni chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.