Yangiliklar

.

TA’LIMDA NATIJA — HISOBOTDAN KO‘RA MUHIMROQ

19-sentabr 2026-yil
image

Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar tahliliy va tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi. Xususan, bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlari, yangi baholash tizimi, pedagoglar attestatsiyasi va kasbiy sertifikatlash jarayonlari, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, inklyuziv ta’lim, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda maktablardagi sog‘lom ovqatlanish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari kun tartibidan o‘rin oldi.
Asosiy mezon — raqam, natija va mas’uliyat.
Bugun ta’limda shunchaki “ish olib borilmoqda” degan hisobot yetarli emas. Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq natija, mavjud muammo va uni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yechim bo‘lishi kerak.
Hay’at yig‘ilishida kun tartibiga kiritilgan masalalar ham aynan shu yondashuv — muammoni ko‘rish, tahlil qilish va natija uchun mas’uliyatni belgilash tamoyili asosida ko‘rib chiqildi.
Ta’lim sifati — raqamlarda. Natija — amalda. Mas’uliyat — har bir rahbar zimmasida.

Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining bugungi Hay’at yig‘ilishida ta’lim tizimidagi qator muhim yo‘nalishlar tahliliy-tanqidiy ruhda muhokama qilindi.

Xususan, inklyuziv ta’limni tashkil etish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun zarur sharoitlarni yaratish, o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash, shuningdek, maktablarda sog‘lom ovqatlanish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Muhokamalarda mavjud holatni shunchaki qayd etish emas, balki muammoning sabablarini aniqlash, mas’uliyatni kuchaytirish va amaliy natijaga erishish zarurligi ustuvor vazifa sifatida ko‘rsatildi.
Ta’lim sifati — faqat dars jarayoni emas. Bu bolaning xavfsizligi, salomatligi, huquqi va har tomonlama rivoji uchun yaratilgan muhitdir. Talab aniq: "Muammo yashirilmaydi — tahlil qilinadi, yechim topiladi va natija nazorat qilinadi!"

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=