Yangiliklar

.

Maktab psixologi lavozimiga ishga taklif qilamiz!

16-sentabr 2026-yil
image

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi maktab psixologi shtatlari uchun bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilinadi.
 

Nomzodga qo‘yiladigan asosiy malaka talablari:
 oliy ma’lumotli bo‘lishi, asosan “Psixologiya” yo‘nalishini tamomlagan bo‘lishi;
 bolalar va o‘smirlarning yosh va individual psixologik xususiyatlarini bilishi;
 psixologik diagnostika, maslahat, profilaktika hamda korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
 o‘quvchi, ota-ona va pedagoglar bilan samarali muloqot qila olishi;
 psixologik xizmatga oid hujjatlarni yuritish, tahlil qilish va hisobotlar tayyorlashni bilishi;



Maktab psixologining asosiy vazifasi — o‘quvchilarning psixologik holatini o‘rganish, muammolarini aniqlash, ularga psixologik yordam ko‘rsatish hamda ota-onalar va pedagoglar bilan hamkorlikda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish.

Mavjud vakant ish o‘rinlari:
Boyovut tumani: 42-, 16-maktablar Oqoltin tumani: 17-maktabYangiyer shahri: 5-maktabXovos tumani: 10-, 28-maktablar Sirdaryo tumani: 9-, 11-, 18-, 21-, 23-, 25-, 27-maktablar



Murojaat uchun:

Tel:931268444

Yoki Tuman va shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash va inklyuziv ta’lim bo‘yicha metodistiga murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat qiling va maktab psixologi sifatida jamoamizga qo‘shiling!

#Vakansiya #MaktabPsixologi #Sirdaryo #IshOrni #Psixolog

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=