Yangiliklar

.

So'ragan edingiz

15-sentabr 2026-yil
image

Men оlis hududdagi maktabda ishlayman. Bu yerda 4 nafar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi bor. Biri 1-toifa, biri 2-toifa, birida faqat milliy sertifikat bor. Menda esa ham milliy sertifikat (B+), ham 2-toifa bor.

Bunday holatda, ustozlar o‘rtasida dars taqsimotini amalga oshirishda nimalarga e’tibor qaratiladi?

Mazkur holatda dars taqsimoti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda 3271-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom"ning 15-bandi bilan tartibga solinadi.

Unga ko’ra, dars soatlari maktabning joylashgan o‘rni (olis hududda yoki shaharda ekanligi) bo‘yicha emas, balki o‘qituvchilarning malaka toifasi va fan sertifikatining mavjudligi kabi kasbiy ko‘rsatkichlarining ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanishi belgilangan.

Shu sababli, dars soatlari hududning maqomiga qarab emas, balki 3271-sonli qarorning 15-bandida ko‘rsatilgan toifa va mavjud sertifikat asosida taqsimlanadi.

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=