Yangiliklar
SIRDARYODA XORIJLIK MUTAXASSISLAR BILAN HAMKORLIK – YANGI BOSQICHDA
11-sentabr 2026-yil
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risidagi PF-22-sonli Farmoni 2-ilovasining 9-bandiga muvofiq, umumta’lim maktablariga 2 000 nafar xorijlik mutaxassisni jalb etish belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hozirgi kunga qadar Sirdaryo viloyati umumta’lim maktablariga 45 nafar xorijlik mutaxassis yetib kelib, o‘z pedagogik faoliyatini boshladi.
Shu munosabat bilan xorijlik mutaxassislar faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablari direktorlari uchun “O‘quvchilarning til kompetensiyasini oshirish, xalqaro imkoniyatlarga yo‘naltirish va mahalliy pedagoglar salohiyatini rivojlantirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening davomida:
xorijlik mutaxassislar faoliyatini samarali tashkil etish;
o‘quvchilarning xorijiy til bo‘yicha kommunikativ kompetensiyalarini oshirish;
mahalliy va xorijlik pedagoglar o‘rtasida team teaching va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
o‘quvchilarni xalqaro ta’lim dasturlari, grantlar va boshqa imkoniyatlarga yo‘naltirish;
maktablarda haqiqiy til muhiti (English Environment) yaratish;
istiqboldagi rejalar va hamkorlik mexanizmlari
muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berilib, kelgusidagi vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Xorijlik mutaxassislar — bu faqat til o‘rgatish emas, balki yangi tajriba, xalqaro madaniyat, zamonaviy metodika va o‘quvchilar uchun cheksiz imkoniyatlar eshigidir!