Yangiliklar

.

Direktorlik lavozimi uchun tanlov

8-sentabr 2026-yil
image

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bo‘sh (vakant) direktor lavozimlari uchun tanlov e’lon qiladi!
Malakali, tashabbuskor, rahbarlik salohiyatiga hamda Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarni ushbu vakant lavozimlarga hujjat topshirishga taklif etamiz.

Vakansiyalar mavjud bo‘lgan hududlar va tashkilotlar raqamlari:

Boyovut tumani: 6-, 11-, 13-, 20-, 35-sonli MTTlarGuliston tumani: 1-sonli MTTMirzaobod tumani: 5-, 7-sonli MTTlarOqoltin tumani: 11-sonli MTTSayxunobod tumani: 13-sonli MTTSirdaryo tumani: 18-, 20-sonli MTTlarXovos tumani: 2-, 8-, 9-, 10-, 14-, 16-sonli MTTlarGuliston shahri: 12-, 15-sonli MTTYangier shahri: 7-, 12-sonli MTTlar


 Hujjatlarni qabul qilish muddati:
2026-yil 8-sentabrdan 12-sentabrgacha (shu kuni ham).

Hujjat topshirish tartibi:
Nomzodlar hujjatlarini yagona elektron platforma —  managerpro.uzedu.uz sayti orqali yuborishlari lozim.

Suhbat jarayoni qanday o‘tadi?
Tanlovning suhbat (intervyu) bosqichida shaffoflikni ta’minlash maqsadida tasodifiy tanlash (random) orqali har bir nomzodga 5 ta savol (topshiriq) beriladi. Savollar quyidagi mezonlarni aniqlashga qaratilgan:

1. Soha bo‘yicha bilim saviyasi;
2. Shaxsiy kompetensiyasi;
3. Kasbiy kompetensiyasi;
4. Umumiy dunyoqarashi;
5. Vakant lavozimga mosligi.


O‘z kelajagini maktabgacha ta’lim tizimi rivoji bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan faol va bilimli rahbarlarni kutib qolamiz!

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=