Yangiliklar
BAHOLASH JARAYONI — TA’LIM SIFATINING MUHIM MEZONI
7-sentabr 2026-yil
Guliston shahridagi yangi foydalanishga topshirilgan 19-sonli umumta’lim maktabida “Maktabda baholash jarayonini tashkil etish, nazorat qilish va hujjatlashtirish tartibi” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda Guliston shahridagi umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda 19-sonli maktab o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Seminar davomida baholash jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, nazorat qilish, hujjatlarni yuritish hamda baholashning shaffof va xolisligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Maqsad — ta’lim sifatini oshirish va baholash jarayonida yagona, adolatli yondashuvni ta’minlash.